Rossiyaning 10-oktabr kuni Zaporojyega uyushtirgan hujumi natijasida 20 nafar tinch aholi halok boʻldi.
Modern.az xabariga koʻra, bu haqda Ukraina Davlat Favqulodda vaziyatlar xizmati maʼlum qildi.
Qutqaruvchilarning bayonotida shunday deyilgan: "Rossiya havo hujumida halok boʻlganlar soni 20 nafarga yetdi, ulardan 3 nafari bolalar"
Eslatib oʻtamiz, 10-oktabr kuni ertalab Rossiya qoʻshinlari Zaporojyedagi besh qavatli turar-joy binosiga raketa zarbasi bergan edi.
Zarba natijasida koʻp qavatli binoning kirish qismining bir qismi vayron boʻlgan. Yaqin atrofdagi turar-joy binolariga ham zarar yetgan.