Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ertaga Ozarbayjonga tashrif buyuradi.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda Turkiya Prezidenti Administratsiyasi kommunikatsiya direktori Burhaneddin Duran ma’lum qildi.
Duran Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ertaga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan Qorabog‘ga tashrif buyurishini e’lon qildi.
Ozarbayjonning G‘alaba kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan tashrif davomida Prezident Erdo‘g‘an va Prezident Ilhom Aliyev ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadilar, shu doirada Turkiya-Ozarbayjon hamkorligining turli jihatlarini baholaydilar, shuningdek, mintaqaviy va global masalalarni muhokama qiladilar.
