Saudiya Arabistoni husiylarning raketa hujumlariga javob tayyorlamoqda.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda "Le Monde" nashri ma'lumot tarqatgan.
Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni mamlakat aeroportlariga berilgan zarbalardan so'ng harbiy javob variantlarini ko'rib chiqmoqda.
Ar-Riyod AQShning qo'llab-quvvatlashiga erishishga harakat qilmoqda. Biroq Vashington hozircha faqat razvedka ma'lumotlarini Saudiya Arabistoni bilan bo'lishish bilan cheklanmoqda.