Agar Turkiya Isroil bilan urushsa, NATO Turkiyani yolgʻiz qoldiradi.
Modern.az xabar berishicha, bu soʻzlarni AQSh razvedkasining sobiq xodimi Skott Ritter “TRT World” telekanaliga bergan intervyusida aytgan.
Uning soʻzlariga koʻra, Yevropa Turkiyani rad etgan. NATO esa undan faqat oʻz manfaatlari yoʻlida foydalangan. Turkiyaning kelajagi Shanxay Hamkorlik Tashkiloti va BRICS kabi tashkilotlardadir:
“Men NATO uzoq vaqt mavjudligini saqlab qola oladi deb oʻylamayman. Ukrainadagi mojaro hozirda NATO’ni ichkaridan parchalab tashlamoqda. Yevropada Isroil va Turkiya oʻrtasidagi mumkin boʻlgan toʻqnashuvdan qatʼi nazar, NATO’dan ajralishni muhokama qilayotgan siyosiy harakatlar ham mavjud”