Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Turkiyada uchrashishga taklif qildi.
Modern.az xabar berishicha, u bu haqda CNN Turk telekanaliga bergan intervyusida aytib o'tgan.
Zelenskiy Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'an Putin bilan muzokaralarni tashkil etishga yordam berishiga umid bildirdi.
Ukraina yetakchisining so'zlariga ko'ra, delegatsiyalar va texnik guruhlar barcha masalalarni hal qila olmagani uchun ba'zi muammolar faqat davlat rahbarlari darajasida muhokama qilinishi mumkin.
“Shuning uchun men u bilan qaror qabul qiluvchi shaxs sifatida uchrashmoqchiman”, – dedi Zelenskiy.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Kreml rahbari yordamchisi Yuriy Ushakov Zelenskiy muzokaralar uchun Moskvaga kelishi mumkinligini aytgan edi.