Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiya yetakchilari dushanba kuni Kardiffda yig'ilib, o'z mamlakatlarining o'z taqdirini o'zi belgilash va mustaqillik referendumlarini o'tkazish huquqi to'g'risida deklaratsiya imzolaydilar.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda “The Telegraph” ma'lumot tarqatgan.
Qayd etilishicha, birinchi marta Buyuk Britaniyaning ushbu uchta muxtor hududi hukumatlariga mustaqillikni yoki Irlandiyaning birlashishini qo'llab-quvvatlovchi siyosiy kuchlar rahbarlik qilmoqda.
Tomonlar iqtisodiyot, energetika, Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlar va mumkin bo'lgan “Buyuk Britaniyadan keyingi kelajakka” tayyorgarlik masalalarida hamkorlik qilish bo'yicha kelishuvga erishishi kutilmoqda.
Shotlandiya yetakchisi Jon Suinniyning ta'kidlashicha, mavjud vaziyat “barqaror emas” va Vestminsterning jiddiy konstitutsiyaviy o'zgarishlarga tayyorgarlik ko'rish vaqti kelgan.
Buyuk Britaniya bosh vaziri esa navbatdagi parlament saylovlarigacha Shotlandiyaning mustaqilligi bo'yicha yangi referendum o'tkazilishini istisno qilgan.