Rossiya armiyasining 51-umumqo‘shin armiyasi qo‘mondoni, general-leytenant Sergey Milchakov Ukrainaning Donetsk shahrida Rossiya kuchlarining qo‘mondonlik punktiga berilgan zarba natijasida halok bo‘lgani xabar qilinmoqda.
Modern.az xabariga ko‘ra, bu haqda bir qator Rossiya va Ukraina ommaviy axborot vositalari va “Atesh” partizan harakati ma’lumot tarqatgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Milchakov 26-avgust kuni Donetskda Rossiya kuchlarining asosiy va zaxira qo‘mondonlik punktlariga berilgan raketa zarbasi natijasida halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi 26-avgustdan 27-avgustga o‘tar kechasi Donetsk hududida Rossiya kuchlarining asosiy va zaxira qo‘mondonlik punktlari havodan uchirilgan raketalar bilan urilganini ma’lum qildi.
Bosh shtab zarbalar natijasida dushmanning yo‘qotishlari aniqlanayotganini bildirdi.
Rossiya tomoni Milchakovning o‘limi haqidagi ma’lumotni hozircha tasdiqlamadi.(APA)