Yamanda hukumat kuchlari va husiylar o'rtasida so'nggi 24 soat ichida davom etgan janglarda qariyb 50 kishi halok bo'ldi.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda Agence France-Presse (AFP) ma'lumot tarqatdi.
Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, halok bo'lganlar orasida ham hukumat kuchlari, ham husiylar a'zolari bor. Ma'lumot AFPga gapirgan manbalarga tayanib tarqatilgan.
Tomonlar o'rtasidagi janglar so'nggi sutka ichida kuchaygani aytilmoqda.