Qozog‘istonda yangi yuqori lavozimli tayinlov amalga oshirildi.
Modern.az xabar berishicha, Prezident Qosim-Jomart Toqayev Asel Janasovani Bosh vazir o‘rinbosari – transport vaziri etib tayinlash to‘g‘risida farmon imzoladi.
U bu lavozimda Nurlan Sauranbayevni almashtirdi. Sauranbayev Prezidentning tegishli farmoni bilan lavozimidan ozod etildi.
Qayd etish joizki, Asel Janasova 1987-yilda Olmaotada tug‘ilgan. U 2010-yilda “Bolashak” davlat stipendiyasi dasturi doirasida Buyuk Britaniyaning Kembrij universitetini tamomlagan.
2014–2016-yillarda Qozog‘iston Milliy bankida ishlagan, 2016–2017-yillarda “Zerde” holdingiga rahbarlik qilgan. 2017–2020-yillarda “Ostona” Xalqaro moliya markazida faoliyat yuritgan.
2020–2022-yillarda savdo va integratsiya vazirining o‘rinbosari, 2022–2025-yillarda esa “Kazpochta” kompaniyasi rahbari bo‘lgan.
2025-yil iyun oyida Prezident maslahatchisi, shu yil dekabr oyida esa Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari etib tayinlangan.