Eronning Armanistondagi elchixonasining rasmiy ijtimoiy media sahifasida Yerevandagi Moviy masjid haqida videomaterial eʼlon qilindi.
Modern.az xabar berishicha, videoda qayd etilgan faktlar tarixni buzib koʻrsatishga olib kelgan.
Yerevan shahrini tasvirlagan barcha sayohatchilar va tadqiqotchilarning asarlarida Moviy masjid (boshqa nomi Husaynali Xon masjidi) shaharning eng ulugʻvor meʼmoriy yodgorligi sifatida, ham oʻlchamlari miqyosi, ham goʻzalligi boʻyicha birinchi oʻrinda tilga olinadi. Miqyosiga koʻra Yerevandagi Moviy masjid Kavkazdagi eng katta masjid boʻlgan.
Sharq meʼmorchiligining noyob namunalaridan biri hisoblangan Moviy masjidning qurilishi Husaynali Xon Qojar hukmronligi davrida 1760-yilda boshlanib, 1766-yilda yakunlangan.
Videoda esa “Yerevan tarixiy merosining bir qismi boʻlgan bu masjid XVIII asrda Afshorlar sulolasi hukmronligi davrida Husaynali Xon tomonidan qurilgan” deb qayd etilgan.
Ozarbayjon Respublikasi Davlat Arxivida saqlanayotgan 1949-yilga oid arxiv hujjatida Armaniston SSR hududida qayd etilgan ozarbayjonlarga oid 15 ta meʼmoriy yodgorlik haqida maʼlumotlar oʻz aksini topgan. Ushbu roʻyxatda qachon qurilganligi, qanday maqsadda foydalanilganligi koʻrsatilgan holda, Yerevan shahrida 4 ta masjid mavjudligi qayd etilgan. Ushbu hujjatda Moviy masjid 1776-yilda qurilganligi koʻrsatilgan.
About the blue mosque in Yerevan. //t.co/FQpHr4KJZM
— IRI Embassy in Armenia (@iraninyerevan) November 2, 2026