Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov Bokuda boʻlib oʻtgan Osiyoda oʻzaro hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengash (OʻOHICH) 7-sammiti doirasida turkmanistonlik va oʻzbekistonlik hamkasblari bilan uchrashdi.
Modern.az xabar berishicha, vazir bu haqda “X” ijtimoiy media sahifasida yozgan.
“Yetakchilarimizning topshiriqlariga muvofiq, Bokuda boʻlib oʻtgan Osiyoda oʻzaro hamkorlik va ishonch choralari boʻyicha kengash (OʻOHICH) 7-sammiti doirasida Turkmaniston tashqi ishlar vaziri, aziz hamkasbim va birodarim Rashid Meredov va Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uch tomonlama uchrashuv oʻtkazganimdan mamnunman.
Mamlakatlarimiz oʻrtasida umumiy tarix, oʻzaro ishonch va umumiy mintaqaviy manfaatlarga asoslangan birodarlik aloqalari va strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash azmimizni yana bir bor tasdiqladik.
Uch tomonlama hamkorlik formatini rivojlantirish, transport va tranzit aloqalarini kengaytirish, energetika va savdo sohalarida hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, mintaqaviy va mintaqalararo transport yoʻlaklarining salohiyatidan toʻliq foydalanish masalalarini muhokama qildik.
Mintaqaviy aloqalar, iqtisodiy rivojlanish va barqarorlikni ragʻbatlantirish maqsadida doimiy siyosiy muloqot, yanada yaqin muvofiqlashtirish va birgalikdagi saʼy-harakatlarning muhimligini taʼkidladik”, - deyiladi xabarda.





