Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Koreya Respublikasidan safardan qaytayotganida, uning samolyoti Ozarbayjon havo hududiga kirgach, layner uchuvchisi dispetcher bilan bog‘langan.
Modern.az AZERTACga tayanib xabar berishicha, u davlatimiz rahbari Ilhom Aliyevga va Ozarbayjon xalqiga Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning eng samimiy tilaklari bilan bog‘liq xabarini yetkazgan.
Xabarda shunday deyiladi: "Safardan qaytayotganimda, birodar Ozarbayjon xalqiga tinchlik va farovonlik, Janobi Oliylaringizga esa sog‘lik va baxt tilab, eng samimiy tilaklarimni yetkazishdan katta mamnuniyat his qilaman.
Rajab Toyyib Erdo‘g‘an
Turkiya Respublikasi Prezidenti".