8-noyabr kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Qorabog‘ G‘alabasining 6 yilligi munosabati bilan Ozarbayjonga tashrif buyurdi. Prezident Erdo‘g‘onga rafiqasi Emine Erdo‘g‘on hamrohlik qildi.
Prezident Erdo‘g‘onni olib kelgan samolyot tushdan keyin Qorabog‘ mintaqasida joylashgan Fuzuliy Xalqaro Aeroportiga qo‘ndi.
Erdo‘g‘onni aeroportda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Turkiyaning Ozarbayjondagi elchisi Birol Akgun, shuningdek, ozarbayjonlik va turkiyalik rasmiylar kutib oldi.
Kutib olish marosimidan so‘ng qo‘l-qo‘l yurgan Erdo‘g‘on va Aliyev ularni kutayotgan delegatsiyalarni salomladilar. Ikki yetakchining samimiy ko‘rinishlari va suhbat onlari diqqatni tortdi.
Modern.az Turkiya matbuotiga tayanib xabar berishicha, Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan birga bir qator rasmiy shaxslar ham Ozarbayjonga kelgan.
Shunday qilib, Prezidentga rafiqasi Emine Erdo‘g‘ondan tashqari, Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Ibrohim Yumakli, Milliy Razvedka Tashkiloti rahbari Ibrohim Kalin, Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar boshqarmasi rahbari Burhanettin Duran, Prezidentning tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha bosh maslahatchisi Akif Chag‘atay Kilich, Adolat va Taraqqiyot Partiyasi (AK Parti) rais o‘rinbosari va Turk Davlatlari bilan Aloqalar bo‘yicha raisi Kurshad Zorlu, shuningdek, Turk Davlatlari Tashkiloti (TDT) Oqsoqollar Kengashi raisi Binali Yildirim hamrohlik qilmoqda.