Rossiya hozirgacha TRIPP loyihasida ishtirok etish bo'yicha hech qanday rasmiy murojaat olmagan.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ozarbayjonga safari yakunlari bo'yicha jurnalistlarga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
Uning so'zlariga ko'ra, Moskvaning mintaqada amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalarida ishtirok etish imkoniyatlari va bunga tayyorligi barcha manfaatdor tomonlarga ma'lum.
“TRIPP loyihasida ishtirok etish bo'yicha bizga hozircha hech qanday murojaat kelib tushmagan. Ammo Rossiyaning imkoniyatlari va infratuzilma loyihalarida ishtirok etishga tayyorligi hammaga ma'lum”, – deya ta'kidladi Lavrov.
Eslatib o'tamiz, TRIPP (“Xalqaro tinchlik va farovonlik yo'lidagi Tramp marshruti”) Ozarbayjonning asosiy qismi bilan Naxchivan Muxtor Respublikasi o'rtasida Armaniston hududidan o'tuvchi transport aloqasini yaratishni nazarda tutadi.