Tehron prokuraturasi 18-sentabr kuni Velayat bog‘ida bo‘lib o‘tgan 10 kilometrlik yugurish musobaqasi bo‘yicha jinoiy ish ochdi.
Modern.az xabar berishicha, musobaqada ayollar va erkaklar ishtirok etgan. Musobaqa davomida ba’zi ayol ishtirokchilarning hijob qoidalariga rioya qilmagani ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Prokuratura musobaqa davomida “qonuniy va diniy qoidalarga rioya qilinmaganini” bildirdi.
“Fars” agentligining xabar berishicha, tashkilotchilar musobaqa Ichki ishlar vazirligi va Tehron yengil atletika federatsiyasi ruxsati bilan o‘tkazilganini aytishgan. Federatsiya esa ishtirokchilardan islom qoidalariga va hijob talablariga rioya qilishlari haqida yozma majburiyat olinganini ma’lum qildi.
Tehron viloyati sport departamenti rahbari Habib Satude-Nejadning bildirishicha, tadbirga mintaqaviy xavfsizlik kengashi tomonidan ruxsat berilgan. Qoidalarni buzganligi aniqlangan sportchilarga nisbatan ma’muriy va intizomiy choralar ko‘riladi.