Eron aviakompaniyalari 23-sentabrdan boshlab xalqaro reyslarni amalga oshira olmaydi.
Modern.az xabar berishicha, AQSH moliya vaziri Skott Bessent CNBC telekanaliga bergan intervyusida AQSH tomonidan qo'llanilgan sanksiyalar doirasida Eron aviakompaniyalariga nisbatan bosim kuchaytirilishini aytgan.
Uning so'zlariga ko'ra, Eron aviakompaniyalari xorijiy davlatlarga parvozlarni amalga oshirgan taqdirda, ularga yoqilg'i va yer usti xizmatlari ko'rsatish cheklanadi, chipta sotishda ham to'siqlar paydo bo'lishi mumkin.
Bessentning ta'kidlashicha, AQSH Eron aviakompaniyalari bilan hamkorlik qiluvchi kompaniyalarni ham kuzatmoqda. Uning so'zlariga ko'ra, bu kompaniyalar AQSHning moliyaviy sanksiyalari bilan duch kelishi mumkin. Vazir qo'shimcha qildiki, Prezident Donald Tramp Eron bilan bog'liq iqtisodiy bosim kampaniyasini boshlagan va boshqa davlatlar rahbarlari bilan bog'lanib, ularni Eron bilan hamkorlikni to'xtatishga chaqirmoqda.
Bessentning bayonoti Eronning aviatsiya sektoriga qarshi AQSH sanksiyalarining yanada kuchaytirilishi doirasida berilgan.