AQSh Prezidenti Donald Tramp Keti Zakariyani Oq uyning yangi matbuot kotibi etib tayinlaganini e'lon qildi.
Modern.az xabar berishicha, Tramp bu haqda “Truth” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida post qoldirgan.
Keti Zakariya hozirda “Tramp Media va Texnologiya Guruhi”ning kommunikatsiya masalalari bo‘yicha bosh maslahatchisi lavozimida ishlaydi.
“Ishonchim komilki, Keti Oq uyning navbatdagi matbuot kotibi sifatida mamlakatimiz uchun yuqori natijalar ko‘rsatadi, media, Amerika xalqi va ma’muriyatim bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qiladi”, – dedi Tramp.
Zakariya avgust oyida ma’muriyatni tark etgan Kerolin Livittining o‘rnini egallaydi.
***
00:03
“Tramp Media va Texnologiya Guruhi”ning bosh kommunikatsiya maslahatchisi Keti Zakariyaga Oq uyning matbuot kotibi lavozimi taklif qilindi.
Modern.azning “Axios”ga tayanib bergan ma’lumotiga ko‘ra, agar Zakariya taklifni qabul qilsa, avgust oyida ma’muriyatni tark etgan Kerolayn Livittining o‘rnini egallaydi.
Oq uy tayinlashni hali rasman e’lon qilmagan.