Turkiya va Ozarbayjon umumiy tarix, madaniyat va mustahkam birodarlik asosiga qurilgan munosabatlarini barcha sohalarda qatʼiyat bilan davom ettirmoqda.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda Turkiya Prezidenti Administratsiyasining Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi (DMM) maʼlum qildi.
DMMning ijtimoiy media sahifalarida tarqatilgan bayonotda baʼzi xalqaro ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda Turkiya va Ozarbayjon oʻrtasidagi mustahkam aloqalar, strategik ittifoq va “Bir millat, ikki davlat” tushunchasini nishonga olgan gʻarazli va maqsadli postlar aniqlangani qayd etilgan.
Ushbu postlar ikki doʻst va qardosh mamlakat oʻrtasidagi chuqur ildiz otgan munosabatlarga putur yetkazish, mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni buzishga qaratilgan ochiq axborot operatsiyasi ekanligi taʼkidlangan.
Bayonotda Turkiya va Ozarbayjon umumiy tarix, madaniyat va mustahkam birodarlik asosida qurilgan munosabatlarini barcha sohalarda qatʼiyat bilan davom ettirayotgani taʼkidlangan.
“Ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklik, qoʻshma qadamlar va amalga oshirilgan hamkorlikka oid manipulyativ fikrlar bilan jamoatchilikni chalgʻitishga urinishlar oʻz maqsadiga erishmaydi”, – deyiladi bayonotda.
DMM jamoatchilikni psixologik urush maqsadini koʻzlovchi bunday mazmunlarga ishonmaslikka va faqat rasmiy muassasalarning bayonotlariga asoslanishga chaqirdi.