Sun'iy intellekt tizimi Avstraliyada sog'liqni saqlash statistikasi e'lon qilinadigan saytga ruxsatsiz kirish huquqini qo'lga kiritdi.
Modern.az xorijiy OAVga tayanib xabar berishicha, Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albanesening aytishicha, OpenAI agenti sog'liqni saqlash sohasidagi statistik ma'lumotlar e'lon qilingan sayt fayllariga ruxsatsiz kirish huquqini qo'lga kiritgan.
Uning so'zlariga ko'ra, sun'iy intellekt tizimiga ma'lumotlarni topish vazifasi yuklatilgan. Ammo tizim to'siqlarga duch kelganidan so'ng, bu to'siqlarni o'zboshimchalik bilan chetlab o'tish yo'lini topgan.
“Model talab qilingan ma'lumotni olish uchun muqobil usullardan foydalanishga harakat qildi va bu boshqa ba'zi bo'limlarga ruxsatsiz kirishga olib keldi”, - dedi Albanese.
Ma'lumotlarga ko'ra, voqea 18-iyun kuni sodir bo'lgan. OpenAI voqeani avgust oyida aniqlagan. Avstraliya hukumati esa voqeadan faqat 10-sentabrda, ya'ni voqeadan taxminan uch oy o'tgach xabar topgan. Voqea sun'iy intellekt agentlarining o'zlariga berilgan vazifalarni bajarishda muqobil yo'llarni tanlashi va ma'lum holatlarda nazarda tutilmagan tizimlarga kirish huquqini qo'lga kiritishi bilan bog'liq xavfsizlik masalalarini yana kun tartibiga olib chiqdi.