Saudiya Arabistonining ikki xalqaro aeroportiga qilingan hujumlarda uch kishi halok bo'ldi, 36 kishi jarohat oldi.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda qirollikning Fuqaro Aviatsiyasi Bosh boshqarmasi ma'lumot tarqatdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Abxa va Qirol Xolid nomidagi aeroportlar so'nggi ikki kunda zarbalarga duchor bo'lgan.
"Abxa Xalqaro Aeroportiga qilingan hujum natijasida ikki ayol - Marokash va Jazoir fuqarolari halok bo'ldi, 28 kishi yaralandi. Ar-Riyoddagi Qirol Xolid nomidagi Aeroportga berilgan zarba paytida bir Sudan fuqarosi vafot etdi, sakkiz kishi jarohat oldi", - deyiladi ma'lumotda.
Qayd etilishicha, jarohatlanganlar orasida Saudiya Arabistoni, Bangladesh, Filippin, Pokiston va Misr fuqarolari bor. Ularning barchasi kasalxonaga yotqizilgan.
Obyektlarda moddiy zararni baholash ishlari olib borilmoqda, yo'lovchilar va xodimlarning xavfsizligini ta'minlash uchun choralar ko'rilmoqda.