AQSh ma'muriyati "Microsoft" kompaniyasining H-1B vizasi bilan ishlaydigan xorijiy mutaxassislar uchun doimiy yashash ruxsatnomasi - "Green Card" olish bo'yicha arizalarini vaqtincha to'xtatadi.
Modern.az xabar berishicha, bu qarorni Oq uyda bo'lib o'tgan matbuot anjumanida vitse-prezident Jey. Di. Vens e'lon qildi. U kompaniyani amerikalik xodimlarni qisqartirib, ularning o'rniga xorijiy ishchilarni jalb qilishda va tegishli dasturni suiiste'mol qilishda aybladi.
Vensning ta'kidlashicha, hisob-kitoblarga ko'ra, "Microsoft" qisqartirgan har bir amerikalik xodim o'rniga taxminan 1,5 nafar xorijiy ishchini qabul qilgan.