Keng ko‘lamli kommunal inqiroz xavfi fonida poytaxt aholisiga boshqa joyga ko‘chish tavsiya etiladi.
Modern.az AFPga tayanib xabar berishicha, bu haqda Kiyev meri Vitaliy Klichko ma’lum qildi.
U poytaxt aholisiga vaqtincha boshqa aholi punktlarida yashovchi qarindoshlari yoki tanishlari yoniga ko‘chish imkoniyatini ko‘rib chiqishni tavsiya qildi.
Merning so‘zlariga ko‘ra, suv ta’minoti bilan bog‘liq vaziyat yanada yomonlashishi va shaharning normal faoliyatiga tahdid solishi mumkin. Biroq, Kiyev hukumati hozircha aholini to‘liq evakuatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Kiyevga qator zarbalar berilganidan so‘ng shaharda keng ko‘lamli elektr energiyasi uzilishlari yuz berdi. Metro va yerusti elektr transporti faoliyati to‘xtatildi, suv ta’minotida uzilishlar yuzaga keldi va kanalizatsiya tizimida muammolar paydo bo‘ldi.
Ukraina energetika vaziri ham energiya infratuzilmasining asosiy ob’ektlaridan biriga zarar yetkazilganini ma’lum qildi.