Ozarbayjon Respublikasi hukumati tomonidan ko'rilgan bosqichma-bosqich va muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar natijasida 6-oktabr kuni Suriya Arab Respublikasidan 13 nafar Ozarbayjon Respublikasi fuqarosi (6 nafar ayol, 7 nafar bola) mamlakatimizga repatriatsiya qilindi.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi ma'lumot tarqatdi.
Qayd etilishicha, avvalo, repatriantlarning joylashuvi, shaxsi va Ozarbayjon Respublikasi fuqaroligiga mansubligi aniqlangan.
Xorijiy mamlakatlarda inqirozli vaziyatga duch kelgan Ozarbayjon Respublikasi fuqarolarini repatriatsiya qilishga mas'ul davlat idoralaridan iborat Ishchi guruh a'zolari Suriyaga safarbar etilib, repatriantlarning dastlabki tibbiy va psixologik tekshiruvi ta'minlangan.
Keyinchalik, Ozarbayjon Respublikasining Suriya Arab Respublikasidagi va Turkiya Respublikasidagi elchixonalari, jumladan, Istanbul shahridagi Bosh Konsulligi tomonidan tegishli muvofiqlashtirish ishlari olib borilib, fuqarolarimiz Ozarbayjon Respublikasiga qaytish guvohnomalari, shuningdek, samolyot chiptalari bilan ta'minlanib, mamlakatga olib kelinganlar.
Repatriantlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va jamiyatga reintegratsiyasi yo'nalishida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish ko'zda tutilgan.
Bildirilishicha, Ozarbayjon Respublikasi hukumati tomonidan xorijiy mamlakatlar hududida qurolli mojaro qurboniga aylangan Ozarbayjon Respublikasi fuqarolarini repatriatsiya qilish uchun zarur chora-tadbirlarni ko'rish davom ettiriladi.