Bokuda Formula 1 boʻyicha Ozarbayjon Gran-prisi boʻlib oʻtmoqda. Boku shahar halqasida tashkil etilgan musobaqaning bu yilgi bosqichi bugun start oldi. Musobaqa haftaligining birinchi kunida erkin mashgʻulotlar oʻtkaziladi, ertaga saralash bosqichi, 26-sentabrda esa asosiy poyga boʻlib oʻtadi.
Modern.az xabar berishicha, Boku allaqachon 10-marta Formula 1 musobaqasiga mezbonlik qilmoqda. Shaharda birinchi Formula 1 musobaqasi 2016-yilda Yevropa Gran-prisi nomi bilan oʻtkazilgan. Oʻsha musobaqada “Mercedes” haydovchisi Niko Rosberg gʻolib chiqqan. 2017-yildan boshlab musobaqa Ozarbayjon Gran-prisi nomi bilan oʻtkazilmoqda.
Hozirgacha Bokuda oʻtkazilgan Formula 1 musobaqalarining gʻoliblari quyidagicha:
2016 - Niko Rosberg - Mercedes
2017 - Daniel Rikkiardo - Red Bull
2018 - Luis Hemilton - Mercedes
2019 - Valtteri Bottas - Mercedes
2020 - Musobaqa oʻtkazilmadi
2021 - Serxio Peres - Red Bull
2022 - Maks Verstappen - Red Bull
2023 - Serxio Peres - Red Bull
2024 - Oskar Piastri - McLaren
2025 - Maks Verstappen - Red Bull
Eslatib oʻtamiz, 2020-yilda Ozarbayjon Gran-prisi COVID-19 pandemiyasi sababli oʻtkazilmagan. Pandemiya tufayli Formula 1 taqvimida oʻzgarishlar kiritilgan va Boku musobaqasi oʻsha yili bekor qilingan. Musobaqa 2021-yilda qayta oʻtkazilgan.
2026-yilgi Ozarbayjon Gran-prisining gʻolibi esa asosiy poyga yakunlangandan soʻng maʼlum boʻladi.
Nijat Rustam