AQSh prezidenti Donald Trampning sobiq maslahatchisi va shaxsiy advokati Alina Habba turkiyalik ishbilarmon Turhan Mildon bilan turmush qurishga tayyorlanayotgani xabar qilingan.
Modern.az xabariga ko‘ra, The Correspondent nashrining to‘rt manbaga tayanib yozishicha, juftlikning nikohi 26-sentabrga rejalashtirilgan. To‘y o‘tkaziladigan joy oshkor etilmagan. Habba va Mildon xabarlar yuzasidan nashr so‘roviga javob bermagan.
42 yoshli Habba 2021–2024-yillarda Trampni bir qator sud ishlarida himoya qilgan, so‘ngra Oq uyda maslahatchi lavozimida ishlagan. U 2025-yilda Nyu-Jersi shtatida federal prokuraturaga rahbarlik qilgan. Federal apellyatsiya sudi uning bu lavozimga tayinlanishini noqonuniy deb topgach, Habba o‘sha yilning dekabr oyida o‘z lavozimini tark etgan.
29 yoshli Turhan Mildon Turkiyada joylashgan “Miller Holding” kompaniyasining bosh ijrochi direktori. Kompaniya energetika, qurilish, yuk tashish va xalqaro savdo sohalarida faoliyat yuritadi.