25-sentabr kuni ertalab Kaspiy dengizida olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari davomida harbiy-dengiz mashg'ulotlari paytida bedarak yo'qolgan yana 2 nafar harbiyninng jasadi topildi.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda "Kazinform" agentligi ma'lumot tarqatgan.
Shu bilan hodisa natijasida halok bo'lgan harbiylar soni 14 nafarga yetdi. Avvalroq 3 nafar harbiy qutqarilgani xabar qilingan edi. Ulardan biri kasalxonaga yotqizilgan va ahvoli barqaror ekanligi ma'lum qilingan.
Fojia 24-sentabr kuni Qozog'istonning Mang'istau viloyatida, Kaspiy dengizi sohilida jangovar tayyorgarlik mashg'ulotlari paytida sodir bo'lgan. Ob-havo sharoitining to'satdan yomonlashishi va shamolning kuchayishi natijasida 17 nafar harbiy to'lqinlar tomonidan qirg'oqdan uzoqlashtirilgan.
Dastlab dengizda 19 nafar harbiy bedarak yo'qolgani xabar qilingan bo'lsa-da, keyinchalik bu raqamga aniqlik kiritildi.
Qozog'iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev halok bo'lgan harbiylarning oila va yaqinlariga hamdardlik bildirdi. U hodisaning barcha holatlarini o'rganish va harbiylarning oilalariga zarur yordam ko'rsatish uchun tegishli choralar ko'rishni topshirdi.
Hodisa yuzasidan jinoiy ish ochilgan. Xizmat vazifalarini bajarishda beparvolikda gumon qilingan mansabdor shaxslarning shaxsi aniqlangan.
25-sentabr Qozog'istonda milliy motam kuni deb e'lon qilindi.