Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Berlinda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Rossiya davlat rahbari Vladimir Putinni butun dunyo uchun eng maqbul shaxs deb atadi.
Modern.az TASS agentligiga tayanib xabar berishicha, Toqayev Putinning katta davlatga rahbarlik qilish uchun barcha muhim fazilatlarga ega ekanligini ta’kidlagan:
“Men uni juda yaxshi bilaman. U murakkab tarixga ega bo‘lgan katta davlat rahbari uchun eng zarur fazilatlarga va o‘z mamlakati oldida turgan strategik maqsadlar haqida chuqur tushunchaga ega”.