Istanbulning Buyukada orolida faytonlarda foydalanish taqiqlangan 51 ot Turkiyaning Kastamonu viloyatining Daday tumanidagi otchilik xo‘jaliklariga va mahalliy aholiga berildi.
Modern.az xabar berishicha, otlardan 16 tasi 4 ta otchilik xo‘jaligiga, 35 tasi esa turli ish va faoliyatlarda foydalanish uchun fuqarolarga topshirilgan.
Otchilik xo‘jaligi egasi Levent Bıyıklı otlarga yaxshi g‘amxo‘rlik qilishga va’da berganliklarini bildirdi.
“Ularga g‘amxo‘rlik qilamiz, och qoldirmaymiz. Bizga kelganlaridan keyin biroz qulayroq bo‘lishdi. Faytondan ajralganliklari uchun bu yerda o‘zlarini qulayroq his qilishadi. Biz ham bundan mamnunmiz”, – dedi u.