Naxichevan Muxtor Respublikasi hududida taxminan 190 kilometrlik temir yo'l liniyasini qayta qurish boshlandi.
Modern.az xabar berishicha, bu haqda Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov turkiyalik hamkasbi Hakan Fidan bilan birgalikda o'tkazgan matbuot anjumanida ma'lum qildi.
Vazirning so'zlariga ko'ra, ushbu temir yo'l sovet davrida faoliyat ko'rsatgan bo'lsa-da, so'nggi 30 yildan ortiq vaqt davomida foydalanilmay qolgan.
“Shu sababli, ushbu hududda qayta qurish ishlarini olib borish muhimdir. Hozirda Naxichevan hududida ham ishlar boshlandi”, – dedi Jeyhun Bayramov.
Vazirning ta'kidlashicha, Ozarbayjon, Armaniston, Naxichevan va Turkiya hududlaridagi transport liniyalari yakunlangach, Yevropadan Turkiya va Ozarbayjon orqali Markaziy Osiyoga cho'zilgan yangi transport yo'nalishi shakllanadi.