Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Boku ishg‘oldan ozod qilinganining 108 yilligi munosabati bilan Ozarbayjonni tabrikladi.
Modern.az xabar berishicha, Turkiya yetakchisi bu haqda “X” sahifasida post qoldirgan.
“Do‘stimiz va qardoshimiz Ozarbayjon poytaxti Boku dushman ishg‘olidan ozod qilinganining yilligi bilan tabriklayman, Kavkaz Islom Armiyasi qo‘mondoni Nuri Killigil Poshoni va qahramon askarlarimizni rahmat bilan yodga olaman”, – dedi Erdo‘g‘an.
Turkiya Prezidenti o‘z postida Ozarbayjon va Turkiya bayroqlariga ham joy bergan.
Qayd etish joizki, Boku 1918-yil 15-sentyabrda Kavkaz Islom Armiyasi va Ozarbayjon Korpusining birgalikdagi harbiy operatsiyalari natijasida ishg‘oldan ozod qilingan.
