Polshadagi diaspora vakillari va Ozarbayjon Respublikasi elchixonasi tomonidan ko'rilgan choralar natijasida Ozarbayjonga qarshi provokatsiyaning oldi olindi.
Modern.az xabar berishicha, Polshada ishlab chiqarilgan mahsulot ustida allaqachon tugatilgan separatistik rejim tasviri tushirilgan bosma materialning mahalliy savdoda mavjudligi haqidagi ma'lumot mamlakatdagi Ozarbayjon diaspora vakillarining ijtimoiy tarmoqlarida tarqalishi bilanoq, Ozarbayjon Respublikasining Polshadagi elchixonasi bu materiallarning ishlab chiqarilishini to'xtatish va sotuvdan olib tashlash bo'yicha choralar ko'rdi.
“Mahsulotni” ishlab chiqarish va shu bilan birga sotish bilan shug'ullanuvchi “Henry” kompaniyasi direktori Chezari Popiel bilan bog'lanildi va masala yuzasidan Ozarbayjon Respublikasining keskin noroziligi bildirildi. Qarshi tomon masala haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali xabardor ekanligini va yo'l qo'yilgan xatolik uchun uzr so'rab, qayd etilgan mahsulotning ishlab chiqarilishi va sotilishini to'xtatish to'g'risida qaror qabul qilinganligini ta'kidladi.